14-yanvar — Vatan himoyachilar kuni muborak bo‘lsin!

14/01/2026

Aziz yurtdoshlar! 🇺🇿
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan institutimizning barcha mard va jasur professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ishchi-xodimlarini chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

🇺🇿 Yurtimizning osoyishtaligi, farovonligi va tinch hayotini ta’minlash yo‘lida mardona xizmat qilayotgan barcha harbiylarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Vatanimizni asrab-avaylash, uning sha’ni va g‘ururini himoya qilishdek sharafli va mas’uliyatli yo‘lda sizga kuch-g‘ayrat, mustahkam iroda, bardamlik va ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Ushbu bayram munosabati bilan Vatanimizning har bir fidoyi o‘g‘lonini samimiy tabriklayman.
Yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, har bir xonadonga fayzu baraka, totuvlik va baxt tilayman!

Hurmat va ehtirom ila,
✅ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
rektori O.A. Ruziyev