1-bosqichga tavsiya etilganlar abituriyentlar diqqatiga!

16/08/2025

2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi (https://t.me/eduuz/37040).

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega.

Hozirda 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklash jarayoni olib borilmoqda. Shu sababli talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha ishga tushmagan.

Mazkur texnik ishlar yakunlangach, 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.