Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Talabalar ligasi” doirasida 18-fevral kuni sportning yengil atletika turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada talabalar quyidagi turlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar: 🔹 100 metrga yugurish, 🔹 1500 metrga yugurish, 🔹 Uzunlikka sakrash, 🔹 4×100 metr masofaga estafeta yugurish.
Bahslar keskin kurash va jamoaviy hamjihatlik asosida tashkil etildi. Har bir turda talabalar o‘z tezkorligi, chidamliligi va mahoratini namoyon etdilar. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, pul mukofotlari hamda “Rektor kubogi” bilan taqdirlandilar.
Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sport mahoratini oshirish hamda “Talabalar ligasi” musobaqalariga puxta tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.