4-mart kuni institutimizning Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti binosida “Talabalar ligasi” va “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” doirasida shaxmat bo‘yicha institut birinchiligi o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar:
🏆 O‘g‘il bolalar: 1-o‘rin: Muhammadiyev Shahzod (Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti), 2-o‘rin: G‘aybullayev Yoqubjon (Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti), 3-o‘rin: Norbo‘tayev Ulfat (Aniq va tabiiy fanlar fakulteti).
🏆 Qizlar: 1-o‘rin: Eshmo‘minova O‘g‘loy (Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti), 2-o‘rin: Turdiqulova Sevinch (Aniq va tabiiy fanlar fakulteti), 3-o‘rin: Musurnonqulova Jasmina (Filologiya fakulteti). G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Talabalarimizga navbatdagi bosqichda omad tilaymiz!