
Kafedra mudiri
biologiya fanlari falsafa doktori
- Qabul vaqti: Dushanba – 10:00 dan 16:00 gacha, Juma – 09:00 dan 12:00gacha
- Telefon raqami: +998 90 715 32 64
- Elektron pochta: m.hamroyeva@dtpi.uz
Kafedra tarixi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi joriy yil 17-apreldagi PQ-4681-son qarori asosida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalari ichida eng yosh ta’lim maskanidir. Institutning ochilishidam maqsad, institut o‘z faoliyati davomida 3 mingdan ortiq malakali mutaxassislarni tayyorlash orqali xalq xo‘jaligini etuk kadrlar bilan ta’minlash hamda ilm-fanning turli sohalarida jahon e’tirof etgan muvaffaqiyatlarga erishish ko‘zda tutilgan. Institut kengashining joriy yil 21-iyundagi 11-sonli yig‘ilishi qarori bilan 2023-2024 o’quv yilida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tuzilmasida yangi kafedralar ochish va mavjudlarini muvofiqlashtirish to’g’risidagi 11-son qarori ijrosini ta’minlash to’g’risida 03.07.2023 yil № 108-PO‘ buyrug’i asosida “Biologiya va qishloq xo‘jalik maxsulotlari texnologiyalari” kafedrasi tashkil etildi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti «Biologiya va qishloq xo‘jalik mahsulotlari texnologiyalari» kafedrasi 5140100-Biologiya (turlar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Jumaeva Dilnoza 2024 yilda «Ulug‘bek» nomli Respublika nomdor stipendiant sohibi bo‘ldi. Bundan tashqari kafedramiz professor-o‘qituvchilari Tojikiston respublikasi Dangara davlat universitetida semiran trening darslarni o‘tkazib tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, bo‘lajak biologlarning kasbiy kompetentligini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minot bo‘yicha virtual laboratoriya, bosma adabiyotlar va dasturiy ta’minot olib kelinishi hisobiga o‘quv jarayoni sifatini va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Kafedraning ilmiy yutuqlari:
Kafedra tashkil topgan sanadan boshlab har yili kafedra qoshida Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari o‘tkazib kelinadi. Kafedrada 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta patent, 6 ta o’quv qo’llanma va 6 ta darslik hamda 10 ta monografiya chop ettirilgan. 1 nafar Biologiya yo‘nalishi talabasi nomdor stipendiya sohibiga aylangan.
Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar:
- Hamroyeva Marg’uba Komilovna – kafedra mudiri, b.f.f.d, PhD,dotsent
- Xalmuratov Mengboy Amirovich –katta o‘qituvchisi b.f.n
- Raviprakash Deni Govindrao — Professor, b.f.d.
- Ro’ziyeva Inobat Jo’rayevna –,b.f.f.d, PhD, dotsent
- Safarova Farzona Radjabalievna — Katta-o‘qituvchi t.f.n. (PhD).
- Umarov Baxtiyor Raxmatovich — Dotsent, b.f.n
- Mammadiyev Absaxat Xasanovich – katta o’qituvchi b.f.f.d, PhD
- Sodiqova Dilfuza G’afforovna – katta-o’qituvchi
- Mardonov Sherzod Umaraliyevcih – o’qituvchi
- Ergashev Azamat Azimovich – stajyor-o’qituvchi
- Boboxonov Muzaffar Ziyodullayevich– stajyor-o’qituvchi
- Tojiboyeva Shohista G‘ayratovna– stajyor-o’qituvchi
- Xayitova O‘g‘iloy Ziyodullayevna– stajyor-o’qituvchi
- Xakimova Sevara Xamzayevna– stajyor-o’qituvchi
- Yormatova Dilorom Yormatovna – q.x.f.d, professor
- Xushvaktova Xusnobod Soliyevna – Dotsent, i.f.n.
- Mamurova Zuxra Muxamadovna – stajyor-o’qituvchi
- Turdiyeva Gavxar Inatullaevna – stajyor-o’qituvchi
- Asadova Flyura Faxriddin qizi – stajyor-o’qituvchi
- Toshmirov Sirojiddin Ergashevich– stajyor-o’qituvchi
- Qurbonov Otabek– stajyor-o’qituvchi
Kafedra yo’nalishlari:
Bakalavriat:
- 60510100-Biologiya (turlari bo’yicha)
- 60811300 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
Magistratura:
- 70510101-Biologiya (fan yo’nalishi bo’yicha)