XALQARO ALOQALAR BO'YICHA E'LONLAR
Talabalarning xalqaro akademik mobillik almashinuv dasturida ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar:
- Pasport nusxasi.
- 4×5 o‘lchamdagi fotosur’at (4 dona).
- Obyektivka (telefon raqami, elektron pochta, manzil ko‘rsatilgan).
- Kafedra yoki dekan tomonidan tavsiya xati.
- Ota-onadan kafolat xati + ota-onaning pasporti nusxasi.
- Ariza (kurator, kafedra mudiri, dekanning imzosi).
- Motivatsiya xati.
- Fakultet bayonnomasi (nomzodlar taqdimoti bo‘yicha)
Xorijiy fuqaro abituriyentlar qabuli uchun kerakli hujjatlar:
- O‘qishga kirish uchun ariza;
- Belgilangan shakldagi xorijiy fuqaroning so‘rovnomasi;
- Sertifikat/sertifikatning asli va nusxasi, o‘qigan fanlari va ular bo‘yicha olgan baholari (ballari) ko‘rsatilgan diplomning rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan;
- Salomatlik holati to‘g‘risidagi tibbiy xulosa;
- Milliy pasport (yaroqli viza bilan) yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;
- 3,5×4,5 o‘lchamdagi 6 ta fotosur’at.