Денов туманида вилоят ва туман ҳокимлари ҳамда ёшлар ишлари агентлиги ҳамкорлигида “Ёшлар дафтари – имкониятлар дафтари” шиори остида тадбир бўлиб ўтди.

🏛 Xabaringiz bor, joriy yilning 4-sentyabridan 2023/2024-oʻquv yilidan talabalikka qabul qilingan birinchi bosqich talabalari uchun tanishtiruv haftaligi boshlandi.
🔰Jumladan, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham har bir fakultet kesimida amalga oshirilmoqda.
✅ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori G’. X. Raximov oliygoh rahbariyati ishtirokida Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabalariga tanishtiruv haftaligi doirasida institutda yaratilgan shart-sharoitlar, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari, odob-axloq masalalari, talabalarni rag’batlantirish tizimi va boshqa shu kabi zaruriy ma’lumotlar berishdi.
🎬Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

2023 yil 5 sentabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabalar turar joyida Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi N.I.Xasanova , psixolog D.Xolmo’minovalar hamda talaba qizlari ishtirokida «Men baxtliman » mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat so’ngida talabalar turar joyiga yangi joylashgan qizlarni yotoqxona ichki tartib qoidalari bilan tanishtirdilar. Shu bilan birgalikda qizlarimizning yashash va o’qishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, ulardan unumli foydalaish, gigiena qoidalarga rioya qilish, o’qituvchi va ishchi xodimlarning xizmatini hurmat qilish, bilim olishda vaqtdan unumli foydalanish lozimligi aytib o’tildi. Talabalar-qizlar ham o’z navbatida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

🔰DTPI Pedagogika fakultetida “Rektor va talabalar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
🏛 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Sariosiyo tumanida joylashgan Pedagogika fakultetida institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor G’. X. Raximovning 1-kursiga qabul qilingan talabalar ishtirokida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
✅ Pedagogika fakultetida faoliyat ko‘rsatayotgan Maktabgacha ta’lim, Musiqa, Jismoniy madaniyat, Pedagogika, Boshlang‘ich ta’lim kabi 5 ta yo‘nalishiga 2023-2024 o‘quv yiligi 300 nafar talabalar 1 kursda o‘z o‘qishlarini boshlashdi. Ularga institutimiz rektori yaratilgan sharoitlar, a’lo o‘qishlari uchun mavjud imkoniyatlar haqida, institutimiz prorektorlari o‘z sohalari bo‘yicha ma’lumotlar berishdi.
✅ Shuningdek, bu yil eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan talabalar ota-onalariga “Tashakkurnoma” taqdim etildi.

🌐@DTPI_uz’ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz (http://dtpi.uz/)|Facebook (http://facebook.com/dtpi.uz)|Telegram (http://t.me/dtpi_uz)|Instagram (http://instagram.com/dtpi.uz)

🔰 Ayni kunlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Sariosiyo tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan Pedagogika fakultetining 3-Talabalar turar joyida 75 nafar uzoq viloyatlardan kelib o‘qiydigan yoshlar yashaydi.
🏛 Ularga mamlakatimiz prezidenti tomonidan olg‘a surilgan 5 muhim tashabbus doirasida rejaga asosan tadbirlar tashkil etib borilmoqda.
✅ Bugun institutimiz rektori G‘. X. Raximov rahbarligida barcha prorektorlar mazkur TTJ da bo‘lishib, by erda yashaydigan talabalar bilan muloqotda bo‘lishdi.

🌐@DTPI_uz’ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz (http://dtpi.uz/)|Facebook (http://facebook.com/dtpi.uz)|Telegram (http://t.me/dtpi_uz)|Instagram (http://instagram.com/dtpi.uz)

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti fizika yo‘nalishi talabalari va “Umumiy fizika va qurilish muhandisligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 7 sentyabr kuni Oltinsoy tumani Vaxshivor qishlog‘ida joylashgan So‘fi Ollayor ziyoratgohida ziyoratda bo’ldilar. Sayohat davomida Vaxshivor lagerida dam olishib, shaxmat-shashka, valebol kabi sport o‘yinlarini o‘ynashib, tog‘ bag‘rida dam olib qaytishdi.

🌐@DTPI_uz’ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz (http://dtpi.uz/)|Facebook (http://facebook.com/dtpi.uz)|Telegram (http://t.me/dtpi_uz)|Instagram (http://instagram.com/dtpi.uz)

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTIDA MUSIQA TA’LIMI YO’NALISHIDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BUGUNDAN START OLDI
💠Hozirda Denov tadbirkoirlik va pedagogika inistitutining Musiqa ta’limi yo‘nalishida o’qish istagida bo’lgan abituriyentlar ijodiy (kasbiy) imtihonlarni topshirishga kirishdilar.
♦️Bunda yoshlar cholg’u ijrochiligi, xonandalik mahorati va musiqa nazariyasi bo’yicha o’z bilim va iqtidorlarini namoyon qilmoqdalar. Bugun kechga qadar 25 nafar abituriyent ushbu jarayonda ishtirok etadi.

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BUGUNDAN START OLDI
♦️Ayni paytda Denov tadbirkoirlik va pedagogika inistitutining Jismoniy madaniyat yo‘nalishiga o’qishga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun institutning markaziy stadionida ijodiy (kasbiy) imtihonlar bo’lib o’tmoqda.

🔷Bugunning o’zida abituriyentlarning 84 nafari 100 va 1000 metrga yugurish sinovlarini topshirayotgan bo’lsa, hozirda 1-guruh — ya’ni 27 nafar yigit-qizlar sinovlarni topshirib bo’ldilar.

🔸Ushbu imtihonlarda, bevosita ishtirok etayotgan ota-onalar, yoshlarning yaqinlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari jarayonni ochiq va erkin tarzda kuzatib bormoqdalar.

Referendumning dastlabki natijalari:

🗳 84,54% fuqaro ishtirok etdi.
✅ 90,21% “Ha” | ❌ 9,35% “Yo’q”

Referendum to’g’risidagi qonunga binoan, O’zbekiston Konstitutsiyasiga taklif etilgan o’zgarishlar O’zbekiston xalqi tomonidan ma’qullandi va qabul qilindi deyish mumkin.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti maʼruzalar zalida Oʻzbekiston milliy universiteti professori N. T. Turobov, Samarqand davlat universiteti professori X. T. Trobov, Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy tekshirish instituti professori H. S. Beknazarov, Samarqand davlat universiteti doktoranti (DSc) A. F. Ishankulov bilan Kimyo va biologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda Kimyo taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda talabalar oʻzlari qiziqqan ilmiy va uslubiy sohalar yuzasidan savol va javoblarda faol ishtirok etishdi.

2023 йил 25 апрель куни Денов тадбиркорлик ва педагогика институтининг “Тарих ва фалсафа” кафедраси ўқитувчиларига нисбатан Eltuzпортали орқали “Қонунларимиз кўзи боғланганми?” деб номланган мавзудаги ҳолатга расмий муносабат

Денов тадбиркорлик ва педагогика институтининг мутассадди тузилмалари томонидан талабаларнинг, шу жумладан сиртқи таълим талабаларининг даср машғулотларига қатнашиш ва фанларни ўзлаштириш кўрсаткичлари мунтазам равишда мониторинг қилиб борилади.

Навбатдаги мазкур мониторинг жорий йилнинг феврал-март ойларида сиртқи таълим талабалари кесимида амалга оширилганда, Тарих йўналишининг сиртқи таълим шаклида таҳсил олувчи талаба Худойназаров Рустамнинг дарс машғулотларига келмаганлиги аниқланган.

Ўрганишлар натижасида талаба Россия Федерациясига ишлаш учун кетганлиги маълум бўлган ва талаба белгиланган тартибда ректор буйруғига асосан институтдан четлатилган.

Мутасадди ходимлар томонидан талабалар давомати бўйича ўз вақтида тегишли чораларни кўрмасдан, ўз хизмат вазифаларига нисбатан масъулиятсизлик қилганликлари учун уларга нисбатан белгиланган тартибда интизомий жазо чоралари кўрилган.