11-fevral-“Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”
BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi 70-sessiyasida 11-fevral-“Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida rasman eʼlon qilinib, 2016-yildan boshlab mazkur sana dunyoning ko‘plab davlatlarida keng nishonlanib kelinmoqda.Shu munosabat bilan bugun, 10-fevral kuni DTPIda ham “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” haftaligi doirasida xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Olima ayollar-e’tiborda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Unda so‘zga chiqqanlar ilm-fan, taʼlim, madaniyat va boshqa sohalarda yutuqlarga erishgan ayollar, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan, xalqaro ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalar g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan, iqtidorli qizlar, olima ayollar, ularning yutuqlari haqida gapirib o‘tdilar. Tadbir so’nggida olima ayollar institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.Mazkur tadbir talabalarda o‘zgacha taassurot qoldirib, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga zamin yaratdi.