«Mening sevimli kitobim» nomli kitobxonlar tanlovi
🏛 Hurmatli kitobxon yoshlar, qadrli opa-singillar, siz kitob o’qishni yaxshi ko’rasizmi, nutqingiz yaxshimi, o’qigan kitoblaringizdan jo’shqinlanib taassurotlaringiz bilan o’rtoqlashishni xohlaysizmi. Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!
📚Xotin-qizlar, talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish maqsadida institutda tahsil olayotgan talaba-qizlar uchun «Mening sevimli kitobim» shiori ostida kitobxonlik tanlovi bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.
📢 Kitobxonlik tanloviga qatnashish uchun shartlar quyidagicha:
O’qiladigan kitob nomi: Ahmad Lutfiy Qozonchi «O’gay ona» asari.
Tanlov 2 bosqichda amalga oshiriladi.
📚1-bosqich: Kitobdan olgan taassurotlarim, tarbiyaviy jihatlari, hozirgi zamon bilan uyg’unlashuvi (og’zaki bayon).
📚2-bosqich: tezkor savol-javob. (10 tadan savol.)
Eng yuqori ballarni to’plagan faol yoshlar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi. Tanlovga qatnashishga shoshiling, munosib nomzod aynan siz bo’lishingiz mumkin.
📌 Manzil institutning yangi ARM binosi.
⏰ O’tkazilish vaqti: joriy yil 27-fevral, soat 13:00 da