Dars jadvalini ko’rish uchun avval talaba hemis tizimi orqali shaxsiy kabinetiga kiradi. Shaxsiy kabinetga kirish uchun bu yerga bosing.

Undan so’ng bizga quyidagicha sahifa ochiladi.

Talaba Id nomli maydonga talabaning shaxsiy id(identifikatsiya) raqami yoziladi.

Parol nomli maydonga esa mahfiy kalit so’z kiritiladi.

!Ogoh bo’ling. Agar shaxsiy bo’lmagan qurilma orqali kirayotgan bo’lsangiz  Eslab qolish maydonini bo’sh qoldiring. Bu sizni ma’lumotlaringiz boshqa kishilar tomonidan foydalanishini oldini oladi.

Barcha ma’lumotlarni to’ldirib bo’lganingizdan so’ng kirish tugmasini bosing.

Tizimga Talaba ID va Parol kiritib muvaffaqqiyatli kirganimizdan so’ng bizga quyidagicha sahifa ochiladi. Biz ushbu sahifadan Dars jadvali bo’limini tanlab kiramiz. 

Dars jadvali sahifasiga kirganimizdan so’ng bizga joriy semestr bo’yicha dars jadvalimizni chiqarib beradi.

Agar bizga avvalgi semestrlardagi dars jadvallari kerak bo’lsa yuqori o’ng burchakdan semestrni tanlab ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

Язык