Davlat_bayrogʻi
18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi haqidagi qonun qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi
Bugun sana munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz bayrogʻining xalqimiz hayotidagi va uning davlatchilik tarixidagi tutgan oʻrni, ahamiyati xususida fikr bildirildi.
Bugun ko‘plab sohalar qatorida, ta’lim yo‘nalishida ham yoshlarimiz xalqaro fan olimpiadalari, turli tanlovlarda natijalarga erishib, bayrog‘imizni yuqoriga ko‘tarib kelishayotgani barchamizga yuksak gʻurur va iftixor bagʻishlashi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yurtimiz bayrogʻi yuqoriga koʻtarildi.
Hozirda barcha oliy ta’lim muassasalarida sanaga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularda yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish, ularni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda milliy bayrogʻimizning hilpirab turishi oʻrni va ahamiyati haqida ma’lumot berilmoqda.