Davra suhbati.
🏛 Denov TPI 1-sonli TTJda institut profilaktika katta inspektorlari O.Toshtemirov, F.Saidov va tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari O.Karimova, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan G.Elmurodovalar bilan hamkorlikda talaba-qizlar tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlar yuzasidan davra suhbati tashkid etildi.Yoshlar o’rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari, jinoyatga jazo muqarrarligi to’g’risida so’z yuritishdi va talabalarga kelajagimiz yoshlarning qo’lida ekanligini unutmagan holda, ular tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, aksincha, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishi lozim ekanligini ta’kidlashdi.
152