Diqqat e'lon!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar arizalarni qabul qilinadi. Xorijda istiqomat qilayotgan barcha vatandoshlarimizni ushbu imkoniyatdan foydalanishga taklif etamiz. Batafsil ma’lumotni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rasmiy veb sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olishingiz mumkin.
Diqqat e'lon!
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagog-xodimlari va talabalari diqqatiga!
Joriy yilning 25-sentabr kuni soat 16.00 da Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Maʼruzalar zali 131-xonada «El-yurt umidi» stipendiyanti Shoira Alamanova bilan muvaffaqiyat yoʻllari, «El-yurt umidi stipendiyasi», xorijda taʼlim mavzularida Zoom platformasi orqali onlayn muloqot tashkil etilmoqda!
Barcha ushbu sohalarga qiziqqan talabgorlarni ushbu suhbatga taklif etamiz!
Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/9997119494?pwd=8cFtY5UIna8v8FtGP5QMfdbNPA1WBh.1&omn=88924806524
Qoʻshimcha savol yoki takliflaringiz boʻlsa @ogabek_mamayusupov orqali bogʻlanishlaringiz soʻraladi.
Diqqat muhim!
Diqqat e'lon!
⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirgan talabalar uchun tanlovning 1- institut bosqichi boshlandi!
✅ Tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning 12-avgust kuni soat 11:00 da institutimizning RIM (Raqamli iqtisodiyot markazi)da bo’lib o’tadi. Tanlov nizomida belgilangan tartibda, nomzodlarning «O’zbekiston tarixi» fani doirasida bilimlari test sinovdan o’tkaziladi.
❗️Shuningdek, nomli davlat stipendiyalariga nomzod talabalar 13-avgust kuni 11:00 da ingliz tili fanidan ham RIM (Raqamli iqtisodiyot markazi)da suhbat asosida imtihondan o’tkaziladi.
✅ Unda hujjat topshirgan barcha fakultetlarning talabgor nomzodlari ishtirok etishlari lozim.
So'rovnoma
Ushbu so‘rovnoma xotin qizlarni turli zo‘ravonliklardan himoya qilish tizimini kuchaytirish, zo‘ravonlikka qarshi kurashda qonunchilikni hamda amaliyotni takomillashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda. So‘rovnomada faol ishtirok etishingiz natijasida, kelajakda gender zo‘ravonlikning oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz. Savollar matnini diqqat bilan o‘qib, sizning fikringizga mos keladigan javob variantini belgisi bilan belgilashingizni yoki javobingizni taklif qilishingizni so‘raymiz. So’rovnomaga o’tish uchun bu yerga bosing.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga hujjat topshirgan aloxida ta'lim imkoniyatlari mavjud(ko'zi ojiz va ko'zi zaif ko'ruvchi) abituriyentlar diqqatiga!
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining 2024/2025- o’quv yili uchun quyidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirish uchun hujjat topshirgan (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlarga imtihon (suhbat) joriy yilning 7-avgust kuni soat 08:00 da institutning Ko’zichoqli maxallasi Guli’rano ko’chasi 1 A uyida joylashgan o’quv binosida o’tkaziladi.
BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHLARI:
🟢Tarix;
🟢 Oʻzbek tili va adabiyoti;
🟢 Musiqa taʼlimi;
Barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha imtihonlar suhbat shaklida o’tkaziladi Musiqa taʼlimi yo’nalishlari bo’yicha esa imtihon kasbiy (ijodiy) imtihon va suhbat shaklida o’tkaziladi). Abituriyentlar ta’lim yo’nalishlari bo’yicha asosiy (2 ta) va majburiy (3 ta) fan bo‘yicha (suhbat asosida) imtihon topshiradilar.
Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga xususiy tashabbuskor “SURXON-QURILISH SERVIS” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hududida (0,3 gektar) 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli; |
Loyiha konsepsiyasi; |
Loyiha to‘g‘risida ma’lumot. |
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 13-sentabr 23:59 ga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarning hammasiga yuborishlari kerak:
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti |
Elektron pochta manzili: info_dtpi@edu.uz |
Telefon raqami: +998 (99) 282 16 00 |
Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov shahri, Sh.Rashidov koʻchasi 360 uy, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hududi. |
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi manzili |
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz |
Telefon raqami: +998 55 520-08-08 (195) |
Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy. |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz |
Telefon raqami: 71 203-50-50 (01936). |
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy |
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.
Diqqat E'lon!
Hurmatli bakalavrlar!
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Oltoy davlat universiteti bilan hamkorlikda magistratura bosqichining 70610101 «Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti» mutaxassisligi bo’yicha 1+1 qo’shma ta’lim, 2 diplomli (double degree) dasturi bo’yicha o’qishga qabul qiladi!
📆O’qish muddati 2 yil bo’lib, 1 yarim yil Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida, 6 oy Oltoy davlat universitetida davom etadi.
💰Afzalliklari:
🎓- Bitiruvchilar 2 ta diplomga ega bo’lishadi.
(Izoh: Ma’lumot uchun: Oltoy davlat universiteti Top 1000talik universitetlar ichida 741-750-o’rinni egallab turganligi sababli bitiruvchilarga imtiyozlar beriladi.)
— btirgandan keyin diplom nostrifikatsiya qilinmaydi.
📌 Muhim: Kirish uchun til sertifikati talab etilmaydi
📨 Hujjat topshiruvchilarning diplomlari 2019-yildan keyin berilgan bo’lishi shart. 2019-yildan oldin bitirgan bakalavrlar diplomlarini nostrifikatsiya qilishlari shart.
🇷🇺Nostrifikatsiya Moskva shahrida joylashgan vakolatli idoralar orqali amalga oshiriladi va kamida 2️⃣-3️⃣ oy vaqtni oladi.
⏰ Hujjat topshirish muddati 20-iyulgacha.
☎️ Ma’lumot uchun: +99888 850 93 63 +99888 1543700
Abituriyentlar diqqatiga!
11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
Sizni 2024-yil 7-may kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilayotgan “Aniq va tabiiy fanlarning rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif qilamiz! Konferensiya boshlanish vaqti 9:00. Konferensiya oʻtkaziladigan joy manzili: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti anjumanlar zali. Aloqa uchun telefonlar: +99890 125-96-54 +998 99 210 96 43
Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligining 2024-yil 22-apreldagi
02/10-443 XDFU-sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2023-yil 29-dekabrdagi 719/29-son qarorining 23.5-bandida “Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining
bandiligi ta’minlash maqsadida boʻsh ish o‘rinlari yarmarkalari va “Karera
kuni” tadbirini o‘tkazish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur
topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining bitiruvchi talabalar uchun boʻsh ish o‘rinlari
yarmarkalari va “Karyera kuni” tadbiri isntitutning Denov tumani Guli Rano ko‘chasi 1-A-uyda joylashgan
o‘quv binosida 2024-yil 16-may kuni soat 9.00 da tashkil etilishi rejalashtirildi.
Ushbu
“Karyera kuni”da tashkilotingizning
bo‘sh ish o‘rinlari haqida
ma’lumotlar bilan
ishtirok etishingizni so‘raymiz.
2024-yilning iyun oyida oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqich bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi. Ishtirokchilar olimpiada.edu.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatga olinadi.
Olimpiadada I, II va III o‘rinlami egallagan g‘oliblar oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura bosqichiga o‘qishga imtiyozli qabul qilinishi nazarda tutilmoqda.
Roʻyxatdan oʻtish boshlanishi haqida vazirlikning rasmiy sahifalarida va elektron platformada eʼlon beriladi. (https://t.me/eduuz)