Malakaviy amaliyot
🏛 Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti «Matematika va informatika» ta’lim yo’nalishi 3-kurs 10-11MI-22 guruhi talabalari Denov tumanidagi 31-umumiy o’rta ta’lim maktabiga 4+2 shaklida tashkillashtirilgan malakaviy amaliyotga joylashtirildi.
🖌 Malaka amaliyoti talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko’nikma va kasbiy mahoratlarini oshirishga qaratilgan.
🖌 Talabalar amaliyot davomida dars kuzatish, o‘quv jarayonida ishtirok etish, o‘quvchilarga qo‘shimcha darslar o‘tish va pedagogik tajribalarini oshirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni bajaradilar.