Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi 3 yillik bo‘ladi
🔰 Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi va o‘quv jarayoni “blok-modul” tizimiga asoslangan dual ta’lim shaklida tashkil etiladi.
🔘 Bunda, o‘quv jarayonlarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ulushini:
1️⃣ bosqichda – 80 foiz nazariy va 20 foiz amaliy;
2️⃣ bosqichda – 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
3️⃣ bosqichda – 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy bo‘lishi nazarda tutiladi.
🗓 2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini ko‘rsatish obyektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.
🔍 2027-yil 1-yanvargacha turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining amaliyot bazalarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun foyda solig‘i ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘lanadi.
2025/2026-oʻquv yilidan Samarqand shahridagi Xalqaro turizm akademiyasida mehmonxonalar va restoranlar uchun yuqori malakali xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
🗓 2025-yil 1-martgacha “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi professional taʼlim muassasalariga xalqaro darajada tan olingan taʼlim dasturlarini “franshiza” asosida joriy etish choralari koʻriladi.
🏢Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
🔹2024/2025-oʻquv yiligacha turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalari boʻyicha oliy taʼlim dasturlarini jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi nufuzli OTMlarning taʼlim dasturlari asosida qayta koʻrib chiqadi;
🔸turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalariga oid oliy taʼlim yoʻnalishlarining dual taʼlim shakli boʻyicha Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uygʻunlashgan yangi malaka talablari hamda taʼlim dasturlarini ishlab chiqadi;
🔹belgilangan OTMlar huzurida shartnoma asosida arab, yapon, xitoy, hind, ispan, italyan, koreys, urdu, indonez va malay tillarida xizmat koʻrsatuvchi gid-tarjimonlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha kurslarni tashkil etadi.