31Май, 2024
30-maydan boshlab ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.
Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.
Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.