Abdullo Rahmon — do’stlik kuychisi
Bugun DTPI Pedagogika fakulteti Yoshlar markazida taniqli shoir Abdullo Rahmonning yorqin xotirasiga bag’ishlangan «Abdullo Rahmon-do’stlik kuychisi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.
Unda Sariosiyo tuman hokimi A.Donayev, Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi A.Rahmonzoda, O’zbekiston Respublikasi tojik milliy-madaniy markazi raisi G.Subxonova, DTPI faollari, turli oliygohlarning professor-o’qituvchilari hamda ikki qardosh millatdan tarkib topgan keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Anjumanda so’zga chiqqanlar Abdullo Rahmon ijodiga to’xtaldi, uning she’rlaridan namunalar o’qishdi, shuningdek, san’at ahli shoir she’rlariga bastalangan qo’shiqlar guldastasini yig’ilganlarga taqdim etishdi.
Ma’lumot o’rnida, A.Rahmon 1954-yilning 30-mayida Sariosiyo tumanida tavallud topgan. Uning «Qadahi lola», «Mashrab olami»,»Kulliyot» kabi asarlari ikkala millat vakillari tomonidan ham sevib mutolaa qilinadi.