Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun:
bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul boʻyicha:
umumiy qabul parametrlarini;
qoʻshimcha qabul parametrlarini;
oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini;
maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini;
hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha umumiy qabul parametrlarini tasdiqlanishi belgilandi.
2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari