Prezident Shavkat Mirziyoyevning Iqlim o’zgarishi bo’yicha bildirgan taklif va tashabbuslar
Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP 29)da bildirgan asosiy taklif va tashabbuslar
Surxondaryoda 156kilometrlik kanal foydalanishga topshirildi
Xabar berilganidek, Islom taraqqiyot banki ishtirokida umumiy qiymati 121,7 mln dollar bo‘lgan «Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Hazarbog‘-Oqqapchig‘ay kanallari tizimini qayta tiklash)» loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida vohamizning 5 ta tumanidan o‘tuvchi Hazarbog‘-Oqqapchig‘ay kanallari tizimining 156 km qismi rekonstruksiya qilindi, 538 dona gidrotexnik inshoot hamda 27 dona avtomobil ko‘prigi qurildi.
Bugun mazkur yirik loyihaning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, tumanlar hokimlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari, nuroniylar, faollar ishtirok etdi.
Loyihaning foydalanishga topshirilishi hisobiga 103,4 ming gektar maydonning suv ta’minotini yaxshilash, jumladan, Sherobod tumanidagi 38,5 ming gektar maydonni o‘zi oqar suv ta’minotiga o‘tkazish, suv isrofini 40 foizga kamaytirish, yetkazib berishni 3-4 kundan 16 soatgacha qisqartirish, yangi adirlik yerlarni foydalanishga kiritish hamda 232 ming aholining qishloq xo‘jaligida bandligini ta’minlash imkoniyati yaratilganligi qayd etildi.
Suv xo‘jaligi vaziri Surxondaryoda barcha sohalarda loyihalar tizimli amalga oshirilayotganligini, aholi turmush farovonligi yildan yilga yaxshilanib borayotganligini ta’kidladi. Tadbirda so‘z olgan nuroniylar Prezidentimizning uzoqni ko‘zlab, suv xo‘jaligini rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori sabab kanallarni betonlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisobiga yangi yerlarni foydalanishga kiritish imkoniyati yaratilayotganligidan minnatdor ekanliklarini bildirishdi.
Shuningdek, tadbirda «Amu-Surxon» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi salohiyatini oshirish maqsadida 4 ta ekskavator, 10 ta yuk tashuvchi motoroller, 4 ta avtomobil (pikap rusumli), 6 ta traktor va 4 ta tirkama topshirildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining 2024-yil Sarhisobi va ta’lim borasidagi o’zgarishlar
⚡️ 2024-yil ta’lim tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Institutida nafaqat ilmiy salohiyatning oshishiga, balki yosh avlodni zamonaviy talablarga mos tarzda tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Ushbu yil institutda bir qator yangiliklar va ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, bu esa ta’lim sifatining yaxshilanishiga va pedagogik jarayonning samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
🔸 2024-yil Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti uchun xalqaro ta’lim tizimiga integratsiya qilishda muhim yil bo‘ldi. Institut dunyoning eng yirik ta’lim muassasalari bilan o‘quv almashinuvi, ilmiy hamkorlik va tajriba almashish uchun ko‘plab yangi kelishuvlar imzoladi. Bu o‘zgarishlar talabalar va o‘qituvchilar uchun xalqaro miqyosda tajriba orttirish imkoniyatlarini yaratdi. Xalqaro aloqalar, ta’lim tizimida global tendentsiyalarni inobatga olish, talabalarning jahon ta’lim tizimiga moslashishiga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida, institutning xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashiga va uning global ta’lim maydonida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
🔹 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 2024-yilda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar va o‘zgarishlar, ta’lim jarayonini yanada samarali, zamonaviy va inkluziv qilishga xizmat qilmoqda. Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar, va pedagogik metodikalardagi yangiliklar institutni ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishishga yaqinlashtiradi. O‘qituvchilar va talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy bilimlarni joriy etish va xalqaro aloqalarni rivojlantirish institutning kelajakka bo‘lgan mustahkam qadamlaridir.
Sarhisob
📹Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil sarhisobi bilan tanishing (video).
Yangi O’zbekiston va Indoneziya o’rtasida oliy ta’lim soxasida yo’lga qo’yilgan samarali hamkorlik istiqbollari
⚡️ Pedagogika fakulteti «Boshlang’ich ta’lim metodikasi» kafedrasi o’qituvchisi Normururotova Azizaning «Yangi O’zbekiston va Indoneziya o’rtasida oliy ta’lim sohasida yo’lga qo’yilgan samarali hamkorlik istiqbollari» nomli maqolasi «Tashrif» gazetasining 2024 yil 27-dekabr sanasidagi sonida chop etildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur MFY hududida joylashgan «Yoshlar saylgohi» majmuasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasining “Yil e’tirofi 2024” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅ Unda 2024-yil davomida turli yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilar, barchaga o‘rnak bo‘lgan fakultetlar, kafedralar, bo‘limlar vakillari e’tirof etilib institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
Yangi yil shukuhi
⚡️ Denov tumanidagi Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasi hududida joylashgan “Yoshlar sayilgohi” majmuasi, o‘zining chiroyli manzaralari va ayniqsa yangi yil arafasidagi bayramona muhit bilan ahamiyat kasb etmoqda. Bugun ushbu manzilda Denov tuman hokimi I.I.Abrorov, tuman prokurori F.O.Xoliqov, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Sh.A.Normuratov va Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev hamda professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida yangi yil bayram tadbiri o‘tkazildi.
🎄Yuqori shukuhda o‘tkazilgan bayram tadbirida dastlab Denov tuman hokimi I.I.Abrorov so‘z olib institut jamoasining erishayotgan yutuqlarini e’tirof etib barchani yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, institut rektori O.A.Ruziyev so‘ngi vaqtlarda ta’lim tizimidagi amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar nafaqat o’qituvchilar, balki talabalar uchun ham katta imkoniyat ekanligini alohida ta’kidladi.
Viloyatimiz markazi Termiz shahrida “Mental arifmetika” bo‘yicha viloyat olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
🏢 Kuni kecha 6-9 yosh toifasida o’tkazilgan olimpiadada, Surxondaryo viloyati to‘garagi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
✅ Quvonarlisi, «Mental arifmetika» olimpiadasi to’garak rahbari, Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti «Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi, 1I-22 guruhi talabasi Najmiddin Shukurov tashabbusi asosida tashkil etildi.
🏆 Olimpiada yakunida g’oliblikni qo’lga kiritgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
Institutimiz delegatsiya N.I.Lobachevskiy nomli Nijniy Novgoroddavlat ilmiy tadqiqot universitetida
🏢 Xorijiy ilmiy stajirovka o‘tayotgan, J.G‘.Choriev rahbarligidagi institutimiz delegatsiyasi a’zolari Nijniy Novgorod shaxrida birinchi tashkil bo‘lgan eng nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan N.I.Lobachevskiy nomli davlat ilmiy tadqiqot universitetida bo‘lishdi.
🖌 Universitetning xalqaro faoliyat va tashqi aloqalar bo‘yicha prorektori A.B.Bedniy, xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i K.V.Kimaev, tarmoq ta’limini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i N.A.Berenkovalar ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.
❇️ Uchrashuvda hamkorlik aloqalarining ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi. Shuningdek, hamkorlik asoslari, istiqbolli rejalari haqida kelishib olindi. Hamkorlik memorandumi va hamkorlik yo‘l xaritasi imzolanish hamda amaliy ishlarining boshlashga start berilishi aytildi. Tadbir so‘nggida tomonlar esdalik sovg‘alar bilan almashishdi.