Xalqaro hamkorlik yo‘lida
Barchamizga ma’lumki, Surxondaryo viloyati Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini jadallashtirmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda aloqalarni mustahkamlash maqsadida viloyatimiz hokim rahbarligidagi delegatsiya a’zolari ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasida bo’lib turibdi. Delegatsiya a’zolari orasida institutimiz rektori O.A.Ro‘ziyev, xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi J.G’.Choriyev ham borligi quvonarli.
🔰 Kuni kecha jamoamiz Novosibirsk davlat universiteti, Novosibirsk agrar universiteti hamda Novosibirsk davlat texnika universitetlarida bo’lishib, ular bilan ikki tomonlama shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi.
❇️ Bugun esa Novosibirsk davlat pedagogika universiteti va Sibir boshqaruv instituti-Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo’jaligi va davlat xizmatlari akademiyasi Filialiga tashrif buyurilib, mazkur oliy ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlik shartnomalarining imzolanishi kutilmoqda.