Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti bitiruvchilariga bakalavr diplomlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 10-iyul kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida joriy yilda o’qishni tamomlab, bakalavr darajasini qo’lga kiritayotgan bitiruvchilarga diplomlar topshirildi. Ushbu tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug’bek Qosimov ham ishtirok etib, bitiruvchilarga o’zining samimiy tabrigini yo’lladi va diplomlarni o’z egalariga topshirish marosimida qatnashdi. Ma’lumot o’rnida, institutda bugungi kunda kunduzgi, sirtqi va ikkinchi oliy ta’lim shakllari bo’yicha bakalavrlar, magistratura mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar, tayanch doktorantura ixtisosliklari bo’yicha ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlanib kelinadi.
148