Brifing
🖌 2024-2025 o’quv yiliga tayyorgarlik holati, talabalarni munosib kutib olish hamda ularni turar joy bilan ta’minlash masalalari yuzasidan soha mutaxassislari ishtirokida brifing o‘tkazildi.
🖌 2024-2025 o’quv yiliga tayyorgarlik holati, talabalarni munosib kutib olish hamda ularni turar joy bilan ta’minlash masalalari yuzasidan soha mutaxassislari ishtirokida brifing o‘tkazildi.
🔰 Bugun filologiya fakulteti kengashining yangi 2024-2025 o‘quv yili boshlanishi oldidan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅ Yig‘ilishda kafedra mudirlari yangi o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik masalasi, ta’lim yo‘nalishlari malaka talabiga muvofiq o‘quv rejasining ishlab chiqilganligi, fan dasturlari, sillabuslarni tasdiqlash, yuklamalar taqsimoti, HEMIS axborot tizimiga elektron resurslarni yuklash holati haqida batafsil axborot berishdi. Jumladan, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari, fanlar bo‘yicha taqvimiy-mavzuiy ish rejalar muhokama qilinib, ularni tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilindi.
🔵 Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq yangi o‘quv yilida fakultetda olib boriladigan o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar strategik ish rejasi tasdiqlandi.
O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi:
▪️31-avgust — olti kun ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
▪️1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni;
▪️2-sentabr — ko‘chirilgan dam olish kuni;
▪️3-sentabr — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
Eslatib o‘tamiz, 1 sentabr — O‘zbekiston mustaqilligi kuni 2024-yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2 sentabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi.
✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yili:
➖ oliy ta’lim muassasalarida – 9-sentyabr;
➖ akademik litseylarda – 4-sentyabr;
➖ kasb-hunar maktablarida – 4-sentyabr;
➖ kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun – 4-sentyabr kunidan boshlanishi belgilandi.
🔹Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
🏛 Ayni vaqtda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o’tmoqda.
🔰 Hasharda erta tongdan har 3 ta manzildagi binolarning ichki va tashqi hududlari, yashil maydonlar, yotoqxonalarni obodonlashtirish maqsadida begona o‘tlardan tozalanmoqda, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalari kesilib, oqlanmoqda. Unda oliygohimiz xodimlari faol ishtirok etib, yurtimiz va ta’lim dargohimiz obodligi yoʻlida o’zlarining munosib hissasini qoʻshmoqda.
ISTIQLOL MADHI
Zafar kulib boqdi, – bu ne baxt, elim,
Qator medallaring, mana, naqd, elim!
Bunda chin qahramon – chempionlar bor,
Seni yuksaltirgan oliy ahd, elim!
Nurli yo‘lda kezar qadimiy g‘urur,
Mashaqqatli mehnat keltirdi surur.
Har ezgu niyatlar parvozi aro
Yangi O‘zbekiston – olamga mashhur!
O, qiz-o‘g‘lonlaring – qatorda norlar,
Mard ular, mardlarni maydonga chorlar.
Quchib, o‘p yarqiroq manglaylaridan,
Manglayida yurtim quyoshi porlar!
G‘oliblik… Shohsupa… Dilda hayajon,
Yurtboshimiz mehri – ko‘ngilga darmon.
Jo‘r bo‘ldi o‘zbekning Madhiyasiga
O‘lkam qudratiga tan bergan jahon!
Tole quyoshining kulgani shudir,
Duolar ijobat bo‘lgani shudir.
Vatan ishqi bilan yoniq dillarning
Shukronalik ila to‘lgani shudir!
Yurt sha’nin asrashdek ezgu tuyg‘u yo‘q,
Bu his – Istiqlolga to‘yona ulug‘.
Yuraklar qa’rida jilo bersin baxt,
Kipriklar qatida yonaversin cho‘g‘!
🏛 Kecha Denov tumanidagi 64-umumiy ta’lim maktabi hududida «Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tdi.
🔰 Festivalda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining bir guruh vakillari ham faol ishtirok etishdi.
Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an’ana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Boisi hasharda xalqimizning birligi, ahilligi namoyon bo‘ladi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo’lib o’tdi.
Hasharda institutning barcha professsor-o’qituvchilari va ishchi-xodimlari faol ishtirok etishib hududdagi mavjud yashil maydonlar tozalanib, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🏛 Respublikamizning barcha hududlari qatorida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham 2 kun davomida “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o’tdi.
🔰 Hasharda erta tongdan har 3 ta manzildagi binolarning ichki va tashqi hududlari, yashil maydonlar, yotoqxonalarni obodonlashtirish maqsadida begona o‘tlardan tozalanmoqda, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalari kesilib, oqlandi. Unda oliygohimiz xodimlari faol ishtirok etib, yurtimiz va ta’lim dargohimiz obodligi yoʻlida o’zlarining munosib hissasini qoʻshishdi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev ayni kunlarda Afg‘oniston davlatida bo‘lib, mamlakatdagi oliy o‘quv yurtlari, xususan, Kobul shahrida faoliyat ko‘satayotgan Salam universiteti, Rano universiteti, Afghan universitetlari va qator tashkilot va o‘quv maskanlari rahbarlari bilan ikki yoqlama shartnoma imzoladi.