Ta’ziya
“Xalq ta’limi a’lochisi”, “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari, “Do‘stlik” va “El- yurt hurmati” ordenlari sohibasi Xosiyat Qorayeva 85 yoshida vafot etdi.
Xosiyat Qorayeva 66 yillik umrini ta`limga bag’ishlagan, Denov tumanidagi 1-sonli maktabda 45 yil direktorlik qilgan. U hayoti va mehnat faoliyati davomida ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodni yetuk kadrlar qilib tarbiyalashda beminnat, fidokorona xizmat qilgan vatanparvar, jonkuyar va samimiy inson sifatida yurtdoshlarimizning qalbida mangu yashaydi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Xosiyat Qorayevaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
15