20Дек, 2024
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida talabalarning qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joyiga joʻnab ketishi hamda taʼtil davrini mazmunli tashkil etish boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yig‘ilishda Transport vazirining birinchi oʻrinbosari Mamanbiy Omarov 26-dekabrga qadar ehtiyojga ko‘ra hamkorlikda qoʻshimcha avtobus hamda temir yoʻl poyezdlari qatnovlari yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, talabalarning qishki taʼtil davrini mazmunli tashkil etish, ularning taʼtilni o‘z oilalari davrasida o‘tkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalasi muhokama qilindi.