Jarayon
DTPIda «El-yurt umidi» jamg’armasi stipendiyasi tanlovlarida ishtirok etish uchun qo’yiladigan talablar» mavzusidagi onlayn seminarga start berildi
Ayni vaqtda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti majlislar zalida «El-yurt umidi» jamg’armasi stipendiyasi tanlovlarida ishtirok etish uchun qo’yiladigan talablar» mavzusida onlayn seminar bo’lib o’tmoqda.
Unda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O’quv ishlari bo’yicha prorektor S.N.Allayorova, Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy- pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i B.Jurayev, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i J.Ergashov hamda bir guruh iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.
Mazkur seminarda El-yurt umidi jamg’armasi stipendianti, Buyuk Britaniyaning Sheffild universiteti magistranti, yurist-tadqiqotchi Shoira Alamonovaning nutqi tinglanmoqda.