14-yanvar Vatan himoyachilari kuni
🏛 Ayni damda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Yangi O’zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida erkaklar o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo’yicha sport musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Ma’lumot uchun, institutimizning barcha fakultet va bo‘limlaridan tarkib topgan 6 ta jamoa sport musobaqalarida ishtirok etmoqda.
🏆Eslatib o‘tamiz, g’oliblar institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashakkurnoma va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
20