Jarayon
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida o‘tkazilgan rektor huzuridagi navbatdagi yig‘ilish, institutning kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari va ta’lim tizimida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlar borasidagi muhim qarorlarni qabul qilishga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda nafaqat o‘quv jarayonini, balki ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliyoti, talabalarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga tayyorlash masalalari ham chuqur muhokama qilindi.
⚡️ Institutning ta’lim va ilmiy salohiyatini oshirish, talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida yanada samarali kommunikatsiya o‘rnatish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish kabi masalalar yig‘ilishning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Shu bilan birga, ta’lim sifatini oshirish uchun o‘quv dasturlariga innovatsion yondashuvlarni qo‘llash va talabalar bilan bevosita amaliy ishlash orqali ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari alohida ta’kidlandi.