AOKAning hududiy boshqarmalari faoliyati bilan tanishamiz: Surxondaryo AOK
⏺Surxondaryo viloyatida 36 ta gazeta-jurnal, 2 ta telekanal, 1 ta radiokanal, 5 ta veb-sayt, 4 ta xususiy nashriyot, 2 ta bosmaxona, 58 ta matbaa korxonasi hamda davlat boshqaruv organlarining 63 ta axborot xizmati faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda 480 nafarga yaqin xodim mehnat qiladi.
⏺Shuningdek, Sobir Termiziy nomidagi viloyat, 13 ta tuman axborot-kutubxona markazida 304 nafar xodim kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, fondlarni to‘ldirish va saqlash, mutolaa madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Axborot-kutubxona markazlarining umumiy fondi 762 ming nusxani tashkil etadi.
⏺Surxondaryo viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi balansida bo‘lgan “Matbuot uyi”da ayni paytda hududiy boshqarmadan tashqari Termiz shahrida chop etiladigan gazetalar, respublika markaziy nashrlarining viloyatdagi muxbirlari, O‘zbekiston Jurnalistlar, Yozuvchilar uyushmalarining viloyat bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.
⏺Viloyatda o‘tgan 2024 yilda mahalliy nashriyot va matbaa korxonalari tomonidan 195 nomdagi 271 mingdan ziyod nusxada adabiyotlar chop etilgan.
⏺Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi hozirda axborot sohasidagi ishlarni zamon talablariga mos ravishda samarali amalga oshirish, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa, axborot-kutubxona hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot xizmatlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishni yangicha sharoitda izchil davom ettirib kelmoqda.