Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A. Ruziyevning 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan bayram tabrigi
Hurmatli vatandoshlar, aziz talaba-yoshlar, hamkasblar!
Sizlarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklayman!
Bugungi kunda, Vatanimizning mustahkam himoyasi, yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlashda ajdodlarimizning qahramonlik an’analari davom etmoqda. Аyniqsa, yurtga sadoqatli, fidokorona xizmat ko’rsatayotgan harbiy xizmatchilarimizning sergakligini, fidokorligi,doimo eʼtiborimizda. Ularning jonbozligi, mashaqqatli mehnati tufayli biz tinch, sarhadlarimiz daxlsizdir.
Bugungi kunda ta’lim, ilm-fan va kasb-hunar sohalarida faoliyat yuritayotgan har birimiz ham Vatanimizning ertangi taraqqiyotiga o’z hissamizni qo’shish uchun harakat qilmoqdamiz. O’z mustaqilligimizni mustahkamlashda, rivojlanish va taraqqiyotda har birimizning oʻrnimiz katta.
Barchangizga «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan sog’lik, baxt-saodat, muvaffaqiyatlar va tinch, osuda hayot tilayman.
Yurtimiz tinch, obod va farovon bo’lsin!
Hurmat bilan O.A.Ruziyev, DTPI rektori