Maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar!
❇️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ro’ziyev, birinchi prorektori B.R.Jo’rayev, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, psixolog, profilaktika inspektori, yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, yoshlar bilan ishlash dekan o’rinbosarlari hamda fakultet tyutorlari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
❇️Uchrashuvda talabalar turar joyi va ijara xonadonlarida istiqomat qilivchi talabalarning yashash sharoitlarini o’rganish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini tekshirish hamda ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, institut va fakultetlarda o’tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazish va ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish kabi muhim masalalar yuzasidan topshiriq hamda vazifalar belgilanib olindi.
❇️ Shuningdek institutda talabalar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, talabalar bilan profilaktik tadbirlarni o’tkazish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishda dekan o’rinbosarlari va tyutorlarning ma’sul ekani alohida ta’kidlab o’tildi.