Tanlov
Xabaringiz bor, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi.
— o’zbek tili va adabiyoti;
— tarix;
— madaniyat;
— san’at va hunarmandchilik
Davlat oliy ta’lim muassasalarining yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlarida davlat granti asosida o’qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli 34 ta oliy ta’lim muassasalari tomonidan qabul qilinadi. Ma’lumot o’rnida, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ham hujjatlarni qabul qilib oluvchi OTMlar ro’yxatida ishtirok etmoqda.
Arizalar 2024-yilning 20-oktyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun talablar hamda tegishli yo’nalishlari mavjud oliygohlar ro’yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
68