Kitob mutolaasi
📚 Kitob – zamonlar toʻlqinida suzuvchi, oʻzidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga roʻshnolik kiritib, ezgu tuygʻularni uygʻotmoqqa qodir. Shu bois soʻnggi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va targʻiboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida, xususan OTMlarda talabalar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
📖 Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti tyutorlari ham axborot va murabbiylik soatlarida talabalar o’rtasida kitobxonlikni targʻib qilishmoqda. Ma’naviy barkamol kitobxon avlod tarbiyasida har bir oʻquv dargohi muhim va mustahkam poydevor ekanligi ta’kidlanmoqda.