Talabalar holidan xabar olish ishlari davom etmoqda
🔰 Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.Jo’rayev, Pedagogika fakulteti dekani Sh.Maxmudov hamda guruh tyutorlari talabalar turar joyida hamda ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olishdi.
✅ Talabalar turar joyi va talabalarning ijara xonadonlarini o’rganish bilan birgalikda ular bilan dildan gaplashib, qiziqishlari, bo’sh vaqtlarini qanday tashkil etayotganlari haqida suhbatlashishdi.
✅ Shu bilan birgalikda talabalarning yashash sharoitlari, kuz-qish mavsumida elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalari, darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish haqida suhbatlashishdi.
✅ Shuningdek, ijara xonadon egalari bilan gaplashib, talabalarni ijtimoiy yashash darajasi va imkoniyatidan kelib chiqib sharoitlar yaratib berish, ularning dars mashg’ulotlari bilan shug’ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishlarini so‘radi.