“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2024- yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi natijalarini eʼlon qildi
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 411 nafar yoshlar “Jamg‘arma stipendiati” deb eʼtirof etildi.
Ularning aksariyati AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Xitoyda taʼlim olishadi.
60 foizga yaqin yoshlar STEM (ilm-fan, texnologiya, injenerlik, matematika), IT (axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt), tibbiyot va farmatsevtika, arxitektura va dizayn kabi yo‘nalishlarda taʼlim olishni rejalashtirgan.
Quvonarlisi ushbu roʻyxatda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti “Iqtisodiyot” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Xikmatova Shirin Husniddin qizi ham bor.
87