DTPI OAVda
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida o‘tayotgan test jarayonlaridan “Axborot 24” kanali lavha tayyorlab, 16 iyul kuni efirga uzatdi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida o‘tayotgan test jarayonlaridan “Axborot 24” kanali lavha tayyorlab, 16 iyul kuni efirga uzatdi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda
2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Eslatib o’tamiz Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) bo‘yicha quyidagi ta’lim yo’nalishlar mavjud:
Ta’lim shakli: kunduzgi.
1. Pedagogika
2. Maktabgacha ta’lim (o‘zbek, tojik)
3. Boshlang‘ich ta’lim (o‘zbek, tojik)
4. O‘zga tilli guruhlarda rus tili
5. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
6. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
7. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
8. Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
9. Biologiya (turlari bo‘yicha)
10. Kompyuter injiniringi
11. Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
12. Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi
13. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
14. Turizm va mehmondo’stlik
Ta’lim shakli:Sirtqi
1. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
2. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
3. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
4. Moliya va moliyaviy texnologiyalar
5. Biologiya (turlari bo‘yicha)
6. Kompyuter injiniringi
Bunda nomzodlar platformada:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Batafsil https://lex.uz/uz/docs/-5657199
Prezidentimiz davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.
Xususan, joriy yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlarga asosan Surxondaryodagi Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini yiriklashtirish orqali Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.
Unda Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilishi, amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari tarmoq, korxona va oliy ta’lim muassasasi uzviyligini mustahkamlash, o‘z sohasida ilg‘or, raqobatdosh mutaxassislar tayyorlash zarurligini ta’kidladi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Sh.Rashidov ko‘chasi, 360-uy manzilida joylashgan 5-binoda test sinovlarining 4-kuniga start berildi.
Abituriyentlar va ularning ota-onalari yaxshi kayfiyat bilan kutib olindi. Abituriyentlargа test ruxsatnomalari asosida bino va guruhlarini aniqlashtirishda ko‘maklashildi, shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud ekanligi tekshirildi, binoga kirish yo‘nalishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi, belgilangan muddatdan kechikmasdan test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishlari uchun amaliy yordam berildi.
Abituriyentlarning ota-onalari belgilangan joyda kutishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratildi, test jarayonlari katta hajmli monitor orqali onlayn translyatsiya qilinmoqda, ovoz kuchaytirgich orqali vatanparvarlik ruhidagi musiqa va qo‘shiqlar eshittirilishi ta’minlandi, salqin ichimliklar, choy, kofe tashkil qilindi.
Shuningdek, ota-onalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazildi.
Tanlov Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan.
Ishtirokchilardan quyidagi mavzudagi ishlarni topshirish soʻraladi: Yoshlar oʻrtasida giyohvandlikning oldini olishga yoshlar qanday qilib ijodiy hissa qoʻshishi mumkin?
Tanlovga insho, tadqiqot ishlari, maqola, sher, hikoya, video, podkast, taqdimot, sanʼat asari, fotosurat, raqamli rasm, grafik dizayn, plakat va boshqalarni topshirish mumkin.
Ishlar ingliz yoki rus tilida qabul qilinadi.
Mukofotlar: Planshet, quloqlik va ovoz uzatish qurilmalari.
Ishlar 2024-yol 31-iyul soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Batafsil
https://grantlar.uz/bmtdan-14-35-yoshlilar-uchun-ijodiy-ishlar-tanlovi/
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining mas’ul xodimlari hamda volontyorlar talabalari imtihon topshirayotgan abituriyentlarning yaqinlari uchun tashkil etilgan kutish joyida ota-onalar bilan suhbatlashib, ularning qiziqtirgan savollari bo’yicha tushunchalar berishmoqda.
Imtihonlarning adolatli va shaffof o’tishini ta’minlash maqsadida jarayonlar to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda: https://test2024.uz/Surxondaryo/41
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova shu mavzuda kelayotgan savollarga javob berdi:
00:27 O‘qishimni viloyatimga ko‘chirayotgan edim. Qaysi elektron tizim orqali o‘qishni ko‘chirish uchun ariza bersam bo‘ladi?
01:07 O‘qishni ko‘chirish uchun qanday hujjatlar tayyorlashim kerak?
01:57 Yaqinda turmush qurganman, turmush o‘rtog‘im viloyatda yashaydi. Shu sababli o‘qishimni viloyatimga ko‘chirsam bo‘ladimi?
02:55 2 yildan beri Qozog‘istonda tahsil olaman. O‘qishimni O‘zbekistonga ko‘chirsam bo‘ladimi?
04:02 Grantda o‘qiyman o‘qishni ko‘chirganimdan keyin «kontrakt» bo‘lib ko‘chmaymanmi?
04:52 Talaba xorijiy tillar fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz) yo‘nalishida 1-kursni tamomladi. Shu yo‘nalishda sirtqi ta’lim mavjud bo‘lmagani sababli u o‘qishini boshqa universitetning ingliz filologiyasi yoki tarjima nazariyasi yo‘nalishining sirtqi ta’limiga ko‘chirmoqchi. Buning imkoni bormi?
05:33 Qachondan boshlab ta’lim shaklini sirtqiga ko‘chirish uchun ariza topshirsa bo‘ladi? Arizani onlayn topshirsa bo‘ladimi?
Barchamizga ma’lumki, Surxondaryo viloyati Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini jadallashtirmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda aloqalarni mustahkamlash maqsadida viloyatimiz hokim rahbarligidagi delegatsiya a’zolari ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasida bo’lib turibdi. Delegatsiya a’zolari orasida institutimiz rektori O.A.Ro‘ziyev, xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi J.G’.Choriyev ham borligi quvonarli.
🔰 Kuni kecha jamoamiz Novosibirsk davlat universiteti, Novosibirsk agrar universiteti hamda Novosibirsk davlat texnika universitetlarida bo’lishib, ular bilan ikki tomonlama shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi.
❇️ Bugun esa Novosibirsk davlat pedagogika universiteti va Sibir boshqaruv instituti-Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo’jaligi va davlat xizmatlari akademiyasi Filialiga tashrif buyurilib, mazkur oliy ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlik shartnomalarining imzolanishi kutilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlarga kirish imtihonlari davom etmoqda
Eslatib o‘tamiz, imtihonlar respublika bo‘yicha 53 ta oliy ta’lim muassasasida 19-iyulga qadar o‘tkaziladi. Imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko’rsatilgan ruxsatnomani har bir abituriyent my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olishi mumkin. Abituriyentlardan ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Namangan davlat pedagogika instituti;
Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali;
Termiz davlat universiteti;
Andijon davlat universiteti;
Nukus davlat pedagogika instituti;
Samarqand davlat universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
Termiz davlat pedagogika instituti;
Qoraqalpoq davlat universiteti;
Urganch davlat pedagogika instituti;
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
⚡️2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi
📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
✅ Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.
❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi.
❌ Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
📋 Abituriyentlar test sinoviga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID-karta yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi)ning asli va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim (https://t.me/BaholashUz/6732).