Termizdagi ikki institut yiriklashtirilib, yangi universitet tashkil etiladi
Prezidentimiz davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.
Xususan, joriy yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlarga asosan Surxondaryodagi Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini yiriklashtirish orqali Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.
Unda Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilishi, amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari tarmoq, korxona va oliy ta’lim muassasasi uzviyligini mustahkamlash, o‘z sohasida ilg‘or, raqobatdosh mutaxassislar tayyorlash zarurligini ta’kidladi.