Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Amir Temur merosiga bag‘ishlangan konfrensiya o‘tkazildi
Ushbu konfrensiya Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, Denov tumani hokimligi hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamkorligida buyuk bobokalonimiz, Sohibqiron Amir Temur merosini o‘rganish, asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida «Buyuk Amir Temur merosi – kelajagimiz asosi» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada Xalqaro Amir Temur xayriya fondi raisi Muhammad Ali Ahmedov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Adhambek Alimbekov, shoir va tarjimon, «Sharq yulduzi» va «Zvezda Vostoka» jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Rauf hamda yozuvchi Toshtemir Turdiyev, talaba-yoshlar va boshqalar ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirok etgan talaba-yoshlar Amir Temurning boy merosi bilan bog‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.