Hamkorlik asosida
Ayni kunlarda Umumiy fizika va qurilish muhandisligi kafedrasi professor-o‘qituvchisi N.P. Sanayeva Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing unversitetida «Shahar zilzilabardoshligi» ilmiy-texnologik hamkorlik doirasidagi texnik malaka oshirish loyihasida ishtirok etmoqda. Loyiha keng tarmoqda tashkillashtirilgan boʻlib, ma’ruzalar oliy toifadagi professor-oʻqituvchilar tomonidan olib borilmoqda.
Olingan ma’lumotlar asosida N.P. Sanayeva laboratoriya va tadqiqot markazlarida faol ishtirok etib, oʻzining ilmiy mavzusi doirasida izlanishlar olib bormoqda, bilim va koʻnikmalarini amaliyot bilan uzviy bogʻlash maqsadida, korxona va tashkilotlarda stajor-tadqiqotchi sifatida qatnashib kelmoqda.
10