DTPI rektori Zahiriddin Muhammad Bobur qabrini ziyorat qildi
Zahiriddin Muhammad Bobur uzoq davom etgan harbiy yurishlarga qaramay u aslida tinchlikparvar shoir va insonparvar shaxs bo‘lgan. Bog‘ yaratishga mehr qo‘ygan. Boburning bog‘larga mehri shunchalik yuqori bo‘lganki, Boburnoma asarida uni Qobuldagi o‘zi tanlagan bog‘da dafn etishni, qabri ochiq osmon ostida bo‘lishini vasiyat qilgan.
Kobuldagi Bobur bog‘i o‘sha vaqtdagi me’morchilik an’analariga mos ko‘rinishida yaratilgan. Hukmdorning qabri bog‘ning o‘rtasida, 14 ayvon hududida joylashgan bo‘lib, oq marmar devor bilan o‘ralgan. O‘tgan asrning 30 yillarida Bobur bog‘i jamoat hiyoboniga aylantirildi. 80 yillarda u zamonaviylashtirildi.
Ayni kunlarda Afg‘onistonda bo‘lib turgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev Bobur qabrini ziyorat qildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Vazirlik va idoralar hamkorlikda
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan ijodkorlar o‘rtasida Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi .
Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
“Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
Baholash natijalari bo‘yicha g‘oliblar:
“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
1-o‘rin — 50 000 000 so‘m
2-o‘rin — 30 000 000 so‘m
3-o‘rin — 20 000 000 so‘m.
“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
1-o‘rin — 30 000 000 so‘m
2-o‘rin — 20 000 000 so‘m
3-o‘rin — 10 000 000 so‘m.
“Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
1-o‘rin — 20 000 000 so‘m
2-o‘rin — 10 000 000 so‘m
3-o‘rin — 5 000 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlovda 18 yoshdan barcha ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Qobul shahrida Afg‘oniston-O‘zbekiston Biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda
🏛 Amaliy tashrif bilan Afg‘onistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tarkibida Denov tadbirkorlik va pegogika instituti rektori O.A.Ruziev ham bor.
✅ Qobul shahrida 2024 yil avgust oyida Afg‘oniston-O‘zbekiston Biznes forumi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo’lib, unda O‘zbekiston tomondan ishtirok etayotgan Oliy ta’lim,fan va innovatsiylar vazirligi vakillari hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ro‘ziyevlar O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat oliygohlari faoliyatini aks etiruvchi taqdimotlar bilan ishtirok etishmoqda.
⚡️ Forum doirasida Afg’oniston Oliy ta’lim vazirligi va qator oliygohlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolanmoqda.
Ta’limga e’tibor millat kelajagini belgilaydi.
🏛 “Tashrif” gazetasining 2024 yil 17 avgustdagi sonida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti dekani, falsafa doktori (PhD) Maqsud Toshboboevning “Ta’limga e’tibor millat kelajagini belgilaydi” deb nomlangan maqolasi chop etildi.
Bo’lajak olim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan yoshlarning ilmiy g’oyalari va startap loyihalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida e’lon qilingan «Bo’lajak olim» tanlovi muddati 30-avgust kuniga qadar uzaytirildi.
⚡️1-kursga tavsiya etilganlar diqqatiga!
2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.
Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.
Biroq, ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.
Mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi.
Batafsil: https://t.me/eduuz/24840
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.
my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
SMS-xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi
2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.
Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.
Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov undiriladi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.
Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e’lon qilinadi.
Tanlovning 1-institut bosqichi bolib o’tdi
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirgan talabalar uchun tanlovning 1-institut bosqichi bolib o’tdi.
✅ Ushbu bosqichda test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarning yig‘ma jildi va baholarini institut rektori tomonidan tuzilgan komissiya a’zolari ko‘rib chiqishdi.