DTPI rektori Zahiriddin Muhammad Bobur qabrini ziyorat qildi
Zahiriddin Muhammad Bobur uzoq davom etgan harbiy yurishlarga qaramay u aslida tinchlikparvar shoir va insonparvar shaxs bo‘lgan. Bog‘ yaratishga mehr qo‘ygan. Boburning bog‘larga mehri shunchalik yuqori bo‘lganki, Boburnoma asarida uni Qobuldagi o‘zi tanlagan bog‘da dafn etishni, qabri ochiq osmon ostida bo‘lishini vasiyat qilgan.
Kobuldagi Bobur bog‘i o‘sha vaqtdagi me’morchilik an’analariga mos ko‘rinishida yaratilgan. Hukmdorning qabri bog‘ning o‘rtasida, 14 ayvon hududida joylashgan bo‘lib, oq marmar devor bilan o‘ralgan. O‘tgan asrning 30 yillarida Bobur bog‘i jamoat hiyoboniga aylantirildi. 80 yillarda u zamonaviylashtirildi.
Ayni kunlarda Afg‘onistonda bo‘lib turgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev Bobur qabrini ziyorat qildi.