Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

Ergashov Jamshid Shavkatovich

  • Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma – 14:00 dan 16:30 gacha
  • Telefon: +998881543600
  • Elektron pochta: jamshide969@gmail.com

Biografiya:

  • 1996-yilda Surxondaryo viloyati Denov shahrida tug‘ilgan;
  • 2015-2019 yy – Termiz davlat universiteti talabasi
  • 2018- y — Surxondaryo viloyati Termiz shahri Amudaryo oromgohida ingliz tili o`qituvchisi
  • 2019-y – Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 13-umumiy o`rta ta’lim maktabida ingliz tili o`qituvchisi
  • 2019-2022 yy – Youngsan universiteti(Koreya) magistratura talabasi
  • 2023-yildan h.v – Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i

Xalqaro aloqalar boʼlimi faoliyati

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-oʼqituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilgʼor tajribani oʼrganish va oʼquv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʼzbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iktisodiy aloqalar, savdo va investisiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi nazoratidagi Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalarga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini taʼminlaydi.

Xalqaro aloqalar bo‘limining vazifalari

  • Vazirlikning 2005 yil 13 apreldagi «Oliy taʼlim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish toʼgʼrisida»gi 81-sonli buyrugʼiga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan institutning vakillari hujjatlarini koʼrib chiqish va muvofiqlashtirish.
  • Donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining texnik yordam dasturlari doirasida institutda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib borish va har chorakda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligiga hisobot kiritish.
  • Institut professor-oʼqituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish.
  • Institutning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini koʼrib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat boʼlganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish. 
  • Oʼzbekistonda faoliyat koʼrsatayotgan elchixonalar va xalqaro taʼlim tashkilotlari va jamgʼarmalari bilan hamkorlikda taʼlim sohasining ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha seminar, oʼquv qurollari va ilmiy-amaliy anjumanlar oʼtkazish.
  • Xorijiy fuqarolarni oʼqitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi soʼrovlariga binoan tayyorlab borish.
  • Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka oʼtash, malaka oshirish, oʼquv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun eʼlon qilinadigan grantlar tanloviga institut professor-oʼqituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish.
  • Eʼlon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va institut kafedralariga loyihalar tuzishga koʼmaklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish.
  • Xalqaro miqyosda oʼtkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida maʼlumotlarni toʼplash va fakultetga yetkazish. Institutda oʼtkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, institut veb saytini yangilab borishga yordam koʼrsatish.