“Zamonaviy o‘zbek tilining asosiy masalalari va dolzarb muommolari” mavzusida ilmiy anjuman
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Zamonaviy o‘zbek tilining asosiy masalalari va dolzarb muommolari” mavzusida ilmiy anjuman o’tkazildi. Anjumanda Toshkent amaliy fanlar universiteti professori filologiya fanlari doktori B.Mengliyev, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti professori Yarmuhammad Madaliyev, O‘z RFA katta ilmiy xodimi, professori Suvon Meli, Qirg‘iz-Manas universiteti professori Gulzada Stanaliyevalar o‘zbek tilining bugungi taraqqiyoti xususida fikrlarini bayon etishdi.
✅ Shuningdek, DTPI professor-o‘qituvchilari Z.Suvonov va A.Hamidovlar o‘zlarining tilshunoslikka oid ma’ruzalar bilan qatnashishdi. Anjuman davomida institut rektori O.A.Ruziyev so‘zga chiqib, o‘zbek tilini davlat tili sifatida rivojlanishi va istiqbollari haqida nutq so‘zladi.