Jarayon
Kuni kecha Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Denov tuman partiya tashkiloti konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Denov tuman tashkilotining 2023-2024 yillardagi faoliyati to‘g‘risidagi, tuman partiya tashkiloti xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga saylovoldi ishtiroki yuzasidan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi, tuman partiya tashkiloti Kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risidagi, nazorat-taftish komissiyasi tarkibini saylash, partiya tashkilotidan viloyat partiya tashkiloti Konferensiyasiga delegatlar saylash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Konferensiya ishida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti raisi I.A.Yoqubov, DTPI rektori O.A.Ruziyevlar ishtirok etishdi va o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.