Yosh ijodkor
Xozirgi kunda vohamizda yosh va umidli shoirlarimiz juda ham ko’plab topiladi. Olimqulov Saidakbar Pardanazar o’g’li o’shanday yosh shoirlarimizdan biri hisoblanadi. Saidakbar 2005 yilning 22-oktyabr kunida Sariosiyo tumani Sangardak MFY Bog’cha qishlog’ida tavallud topgan. U yosh bo’lishiga qaramay shu vaqtgacha 100 dan ziyod she’rlarning muallifi hamdir. Misol qilib uning O’zbekistonim she’rini keltirib o’tamiz.
Onamdek muqaddassan O’zbekistonim
Dunyoga tanilgan bog’-u bo’stonim
Nurlarga bezalgan qutlug’ bo’stonim
Doimo tinch bo’lgin O’zbekistonim.
Seni alishmayman o’zga yurtlarga
Tuprog’ing surtaman qora ko’zlarga
Hatto uchmayman ming yolg’on so’zga
Doimo tinch bo’lgin O’zbekistonim.
Prezident bobom bor ko’ksim beraman
U insonga doimo sodiq bo’laman
Vatanim uchun men jonim beraman
Doimo tinch bo’lgin O’zbekistonim.
Axir ishondilar bizdek yoshlarga
Imkon yaratdilar qanchadan qancha
Xalqim deb, elim deb yondilar qancha
Doimo tinch bo’lgin O’zbekistonim.
Shoir bo’lish men uchun eng oliy sharaf
Qaniydi orzular aylasa talab
Qachon kelar ekan menga ham omad
Doimo tinch bo’lgin O’zbekistonim.