Halqaro hamkorliklar rivojlanmoqda
🇺🇿🇷🇺 Novosibirsk viloyatining taʼlim vaziri M.N.Jafyarova va Novosibirsk qurilish-montaj kolleji direktori L.A.Xolina hamda Sibir davlat tizimlar va texnologiyalar universiteti ilmiy va xalqaro faoliyat bo‘yicha prorektori I.A.Muxisinlar DTPIda talabalarning ilm olishlari, tadqiqotlar o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Tashrif davomida Sibir davlat geotizimlar va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi va ushbu hamkorlik shartnomasi asosida professor-oʻqituvchilar uchun stajirovka va malaka oshirish dasturlarini tashkil qilish, talabalarni 1-2 semestr davomida Akademik mobillilik dasturi asosida o’qitishga kelishib olindi.
Tashrif so’nggida SDGTUning ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Musixin Igor Aleksandrovich o‘z taklifi bilan o’zga tilli guruhlarda rus tili yo’nalishi talabalari uchun ma’ruza qilib, seminar trening mashg’ulotlarini olib bordi.