Malaka oshirish
🏛 Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun 36 soatga mo‘ljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
🔰Unda Toshkent shahrida oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yurituvchi 60 nafar tyutor to‘g‘ridan-to‘g‘ri, hududlardagi oliy taʼlim muassalarining 100 nafar tyutorlari esa onlayn tarzda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar. Shu jumladan, DTPI tyutorlari ham mazkur kursda qatnashmoqda.
☑️Tashkil etilayotgan mazkur malaka oshirish kurslaridan ko‘zlangan maqsad – tyutorlarning talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni kasbga yo‘naltirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy to‘garaklarga jalb etish hamda muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topish, taʼlim muassasalardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yana-da yuksaltirishdan iborat.