Malakaviy amaliyot
🏛 Bugun Filologiya fakulteti «Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili» ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabalari Denov tumanidagi 75-, 77- va 82-umumta’lim maktablariga 4+2 shaklida tashkillashtirilgan malakaviy amaliyotga joylashtirildi.
✅ Ushbu amaliyot talabalarning kasbiy mahoratlarini oshirishga, nazariy bilimlarini amaliyotda sinashga hamda pedagogik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.
❇️ Talabalarga amaliyot davomida bajaradigan vazifalar, maktab ichki tartib-qoidalari, yo‘l harakati qoidalari va xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, ularga pedagogik amaliyotning maqsadlari, metodlari va jarayonlari haqida ko‘rsatmalar berildi. Talabalar ushbu maktablarga haftaning payshanba va juma kunlari malakaviy amaliyot o‘tashadi.
♻️ Talabalar dars kuzatish, o‘quv jarayonida ishtirok etish, o‘quvchilarga qo‘shimcha darslar o‘tish va pedagogik tajribalarini oshirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni bajaradilar.