Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetining 2024/2025-o’quv yili dekabr oyi Kengash yig’ilishi kengaytirilgan tartibda bo’lib o’tdi.
🔰 Kengash yig’ilishida fakultet dekani M.Toshboboyev kengash a’zolarini hamda yig’ilish ishtirokchilarini Yangi yil bayrami bilan tabriklab, o’quv yilining sentyabr-dekabr oylarida erishilgan yutuqlarni e’tirof etdi. Namunali faoliyat olib borgan bir guruh xodimlar va professor-o’qituvchilarni sohadagi fidoiyligi bilan qutladi.
⚡️Yig’ilishda DTPI Ilmiy Kengashi qarorlari, rektor buyruqlarining fakultetdagi ijrosi, Kafedralarda faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy, ijodiy, fan kasbiy to’garaklarning ish faoliyati va natijalari, Darslarining o’tilish sifati, o’qituvchilarni darslarga o’z vaqida ishtirok etishlari, Sessiyaga tayyorgarlik va talabalar qayta o’qishini tashkil etish, Talabalarni qishki ta’tilga kuzatish ishlarini tashkil etish kabi turli xil masalalar muhokama qilinib, o’rnatilgan tartibda tegishli qarorlar qabul qilindi.