Termizda O’zbekiston(Surxondaryo) — Xitoy biznes forumi o’tkazildi
Bugun Termiz shahrida joylashgan Termiz davlat agrotexnologiyalar va muhandislik universitetida O‘zbekiston (Surxondaryo) – Xitoy biznes forumi hamda forum doirasida ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida «B2B» formatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi.
Dastlab, Xitoy davlatidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari uchun rasmiy qabul o‘tkazildi. Unda davlatlarimiz Prezidentlarining o‘zaro do‘stlik munosabatlari, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi rivojlangan hamkorlik aloqalari keyingi yilda yangi bosqichga chiqqani qayd etildi.
Shundan so‘ng, Xitoydan tashrif buyurgan 20 dan ortiq kompaniyalar vakillari hamda vohamiz tadbirkorlari ishtirokida «B2B» formatidagi muzokaralar o‘tkazildi. O‘zaro uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan qator kelishuvlarda erishildi.