Talaba qishki ta’tilda.
🏢 Filologiya fakultetida ta’til davrida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari yuzasidan bir qancha ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni o’tkazish rajalashtirilgan bo‘lib, bugun rejadagi “Kitob-mening eng yaqin do‘stim” mavzusida kitobxonlik tanlovi onlayn tarzda tashkil etildi.
⚡️Fakultetning iqtidorli talaba-yoshlari ishtirokida o‘tkazilgan kitobxonlik tanlovini O’zbek tili va adabiyoti kafedrasining o’qituvchisi A.Boymirzayev baholab bordi. Yakuniy natijalarga ko’ra; 🥇-o’rinni Xolmatova Farangiz Farxod qizi, Xorijiy til va adabiyoti :ingliz tili ta’lim yo’nalishi 104-XT-2024-guruh talabasi; 🥈-o’rinni Elnazarova Sevinch Izzatullo qizi o’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi,107-O’T-2024-guruh talabasi; 🥉-o’rinnlarni Xurramova Sevinch Komil qizi o’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi,107-O’T-2024-guruh hamda Jummayeva Durdona Elmurod qizi Xorijiy til va adabiyoti :ingliz tili ta’lim yo’nalishi 106-XT-2024-guruh talabalari egallashdi.